Sud hukm qildi. Jokovich Avstraliyadan ketadi

Sport

image

Avstraliya sudi avvalroq vizasi bekor qilingan dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich ishi bo‘yicha qaror qabul qildi va u mamlakatdan chetlashtiriladi.

Tennischining advokatlari bergan ariza sud tomonidan rad etildi va Jokovich ishni yutqazdi. Shunday qilib, u Avstraliya vizasini ololmadi. Yaqin kelajakda serbiyalik tennischi deportatsiya qilinadi. Bunday holda, Novak sud xarajatlarini ham to‘lashi kerak bo‘ladi.

Jokovich ishi Avstraliyadagi federal sud sudyalarining to‘liq hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi. Uning tarkibida Jeyms Allsop, Entoni Besanko va Devid O’Kallagen bor edi.

Eslatib o‘tamiz, Sportchiga qarshi da’volar vizaga murojaat qilishda hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga kelgan. Bundan tashqari serbiyalik tennischining koronavirusga qarshi emlanmaslikka ruxsat beruvchi tibbiy imtiyozi sabab o‘z homiylari bilan ham munosabatlari yomonlashdi.

Ma’lumot uchun, Avstraliya ochiq chempionatining to‘qqiz karra chempioni Jokovich allaqachon turnir kortlarida shug‘ullanishga muvaffaq bo‘lgan va birinchi raqam ostida saralangan edi. Qur’a natijalariga ko‘ra, birinchi davrada hamyurti Miomir Kecmanovich bilan o‘ynashi kerak bo‘lgan. Avstraliya ochiq chempionati ertaga, 17 yanvar kuni boshlanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Jokovich Australian open

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing