Statistika agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
24 fevral
3648Bugun, 24 fevral kuni Behzod Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Behzod Saylixonovich Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Behzod Hamroyev 1983 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Yaponiyaning siyosiy fanlar Milliy institutida o‘qigan. 12 yildan beri bank tizimida ishlab kelgan Hamroyev 2020 yildan beri Markaziy banki raisining o‘rinbosari sifatida faolit yuritayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi