O‘zbekistonning mahsulotlarini eng ko‘p qaysi davlat sotib olyapti?
Jamiyat
−
26 Sentabr 2023
15123O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-avgust oylarida Rossiya 1,9 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega bo‘lib turibdi.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,7 mlrd dollar hamda 961 mln dollarlik savdo aylanmasi bilan Xitoy va Turkiya joy olgan.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagi ko‘rinishga ega:
- Qozog‘iston – 951 mln;
- Afg‘oniston – 538 mln;
- Qirg‘iziston – 492 mln;
- Tojikiston – 389 mln;
- Fransiya – 262 mln;
- Pokiston – 174 mln;
- BAA – 171 mln AQSH dollari.
2023 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallagan. Ushbu davlatdan 6,5 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi