Qirg‘iziston yonilg‘i eksportini to‘liq taqiqladi
Olam
−
14 iyul 859 1 daqiqa
Qirg‘iziston ichki bozorni to‘yintirish maqsadida mamlakatdan yoqilg‘i olib chiqishni taqiqladi va neft mahsulotlarini olib kirish qoidalarini yumshatdi. Bu haqda kecha, 13 iyul kuni respublika hukumatining rasmiy saytida e’lon qilingan qarorda aytiladi.
Shu vaqtgacha cheklovlar Qirg‘izistondan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bojxona hududidan tashqariga yoqilg‘i yetkazib berishga nisbatan amal qilgan bo‘lsa, endilikda taqiq ittifoq ichidagi eksportga ham tatbiq etilgan. Istisno tariqasida nafta, mazut va pechka yoqilg‘isiga ruxsat berilgan. Ularni xorijda qayta ishlash va keyinchalik qayta ishlangan neft mahsulotini to‘liq hajmda mamlakatga qaytarish majburiyati bilan olib chiqishga avvalgidek yo‘l qo‘yiladi. Bunday eksport uchun har bir yetkazib berishni hukumat bilan maxsus kelishish talab etiladi.
Joriy yilning may oyida Qirg‘iziston rasmiylari yonilg‘i yetkazib beruvchilarga subsidiya ajratishni boshlab, xarid narxi va davlat tomonidan belgilangan narx o‘rtasidagi farqni 30 sentyabrgacha qoplab berishni nazarda tutgan. Biroq joriy yilning 8 iyul kuni hukumat AI-95 markali benzin narxini tartibga solishni va chakana narxlarning chegarasini bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Rossiya Federatsiyasida avtomobil yonilg‘isi bilan bog‘liq muammolar fonida yordam so‘rab O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Belarusga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiToshkentdagi uyga o‘t ketdi
14 iyul