Starmer Ukrainaga qo‘shin va samolyot jo‘natishga tayyorligini bildirdi

Olam

image
Britaniya Ukrainaga “tinchlikparvar kuchlar”ni yuborishga chaqirdi north_east

Britaniya Ukrainaga “tinchlikparvar kuchlar”ni yuborishga chaqirdi

Buyuk Britaniya Ukrainada tinchlikni saqlash uchun qo‘shin va samolyotlar yuborishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer kecha, 27 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Oq uydagi uchrashuvda ma’lum qildi.

“Bu tinchlikni saqlashning yagona yo‘li”, deydi u.

Bosh vazir Trampning tinchlikka “chuqur va shaxsiy” sadoqatini olqishladi.

“Siz tarixiy tinchlik kelishuviga erishish uchun katta imkoniyat yaratdingiz”, degan Starmer.

Tramp Britaniya Bosh vaziri bilan uchrashuvni “juda samarali” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Starmerning mojaroga barham berish harakatlari haqida ma’lumot bergan va rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan “juda muvaffaqiyatli” bo‘lgan “tarixiy telefon qo‘ng‘irog‘i”ni eslatib o‘tgan.

“Biz bu urushni tugatish uchun juda qattiq harakat qilyapmiz. O‘ylaymanki, biz juda ko‘p yutuqlarga erishdik va ishlar juda tez ketmoqda”, dedi Amerika yetakchisi.

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish tez orada amalga oshishi mumkin.

Amerika Prezidenti tinchlikparvar kuchlar hamma uchun maqbul bo‘lgan formatda joylashtirilishi kerakligini bildirdi. U, shuningdek, Putindan Ukrainada Yevropa tinchlikparvar kuchlarining mavjudligi haqida so‘raganini va “bu bilan hech qanday muammosi yo‘qligini” aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Times” gazetasi agar Rossiya bunga qarshilik qilmasa, Buyuk Britaniya tinchlikparvarlik missiyasi doirasida Ukraina osmonida patrullik qilish uchun Qirollik havo kuchlarining Typhoon qiruvchilarini yuborishi mumkinligi haqida yozgandi. Nashr rasmiy London uchun quruqlikdagi “tinchlikparvar kuchlar”ga minglab askarlarni jalb qilishdan ko‘ra, qiruvchi samolyotlarni yuborish osonroq bo‘lishini yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Donal'd Tramp samolyot Ukraina qo'shin Kir Starmer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing