“Star Med”da avval ham o‘lim holati kuzatilganmidi?
3-sahifa
−
07 aprel 2023
9859Joriy yilning 5 mart kuni vafot etgan “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan 27 yoshli bloger Farhod Mannopovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, dastlabki surishtiruv ishlari davomida 2013 yilda ushbu klinikada yana bir shaxs jarrohlik amaliyoti vaqtida vafot etganligi haqida ko‘rsatma olingan.
Biroq tergov davomida ushbu vaj o‘z tasdig‘ini topmagan va shu sababli sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a” bandidan (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 116-moddasi 3-qismiga qayta malakalangan.
Shuningdek, tergov ishlari davomida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan klinika shifokorlari, anesteziolog hamda marhumning tanishlari, shuningdek, jami 15 nafar shaxs guvoh tariqasida so‘roq qilingan.
Shu bilan birga, jinoyat ishi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayinlangan xizmat tekshiruvi xulosasi olinib, jinoyat ishi hujjatlariga qo‘shilgan.
Hozirda esa jinoyat ishi doirasida murakkab ekspertizalarni o‘tkazish jarayoni ketayotgani ma’lum qilingan.
“Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi”, deyiladi prokuratura xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Mannopovning operatsiyasida ishtirok etgan anestiziolog va reanimatolog, plastik jarroh shifokori, laborant shifokorining malakaviy toivalari va sertifikatlari bo‘lmagani ma’lum bo‘lgan edi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr