Stanionis G‘iyosovga qarshi jangdan qochishga urinyapti

Sport

image

Yarimo‘rta vazn toifasida IBF chempioni Jeyron Ennis (33-0, 29 KO) hamda WBA chempioni Eymantas Stanionis (15-0, 9 KO) o‘zaro jang qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Umid qilamanki, biz kelishuvni muvaffaqiyatli yakunlay olamiz”, deydi Ennisning promouteri Eddi Xirn.

2022 yildan beri Stanionis bor-yo‘g‘i ikki marta ringga chiqqan. Uning WBA kamari uchun o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov majburiy da’vogar sanaladi. Tashkilot bokschilar o‘rtasidagi jangga rasman buyruq bergan va ikki tomon jang bo‘yicha muzokara olib borayotgandi. Qizig‘i, Eddi Xirn bir paytning o‘zida Shahram G‘iyosovning ham promouteri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq og‘zi berikitilgan ayiq bilan mashg‘ulot qilgani uchun Shahram G‘iyosovga chora ko‘rilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Eymantas Stanionis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing