SSV Karim Kamolov koronavirusdan vafot etganini tasdiqladi
Jamiyat
−
22 avgust 2020
11027Avvalroq, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Kamolovning o‘limi sabablarini ma’lum qildi.
“Bugun, 22 avgust kuni davlat va jamoat arbobi, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Kamolov Karim Jamolovich vafot etdi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, Karim Kamolovda shu yilning 25 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va u Toshkentdagi shifoxonaga yotqizilgan. Jamoatchilikka bu haqda 30 iyulda xabar berilgan.
Karim Kamalov 2017 yildan 2020 yilning fevraliga qadar Buxoro shahri hokimi sifatida ishlagan, 2020 yilning fevralidan esa Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan O‘ktam Barnoyev o‘rniga Buxoro hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi