SSV Buxorodagi portlashda jabrlangan 12 kishining ahvoli haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image
Buxoroda portlagan ko‘p qavatli uyda gaz bo‘yicha sinovlar ruxsatsiz o‘tkazilgan north_east

Buxoroda portlagan ko‘p qavatli uyda gaz bo‘yicha sinovlar ruxsatsiz o‘tkazilgan

Kecha, 4 fevral kuni Buxoro shahri Islom Karimov ko‘chasi yo‘l yoqasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uyda portlash yuzaga kelgan edi. Qurilishi tugallanmagan 9 qavatli binoning 3-qavatidagi xonadonda gaz sizib chiqishi natijasida portlash vujudga kelgan.

Hodisada jami 12 kishi jabrlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi jabrlanganlarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Favqulodda holat yuzaga kelganda ko‘p qavatli uyda bo‘lgan 3 nafar, portlash jarayonida yo‘ldan transport vositalarida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 9 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. Ular zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga olib kelingan.

Portlashdan jabrlangan 12 nafar bemordan 5 nafari filialning neyroreanimatsiya bo‘limiga “Miyaning yopiq shikastlanishi va miya chayqalishi” tashxisi bilan yotqizilgan. Ahvoli o‘rta og‘irlikda. 2 nafar bemor umumiy reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Ularning bir nafarining yuz va qo‘llarida 35 foiz kuyish aniqlangan, ahvoli nisbatan og‘irroq. Ikkinchi bemorda ko‘krak qafasining yopiq shikastlanishi kuzatilgan, uning ahvoli qoniqarli.

Qolgan besh nafar bemorga ambulator yordam ko‘rsatilgan. Ularda situatsion nevroz (qattiq qo‘rqish) tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, zarur muolajalar amalga oshirilgach, uylariga javob berilgan.

Bugun neyroreanimatsiya bo‘limidagi bemorlardan biriga ahvoli yaxshilanganligi uchun javob berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahar Islom Karimov ko‘chasida joylashgan “WHITE GROUP TRADING” MCHJ tomonidan qurilgan 9 qavatdan iborat bo‘lgan ko‘p qavatlida tabiiy gazni ulash jarayonida gazning quvurdan sizib chiqishi natijasida portlash yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

101

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing