“Mona Liza”ni portlatib yubormoqchi bo‘lishdi 

Madaniyat-san’at

image

20 mart, chorshanba kuni Luvr muzeyiga hujum tahdidi rejalashtirilayotgani bo‘yicha Parij politsiyasiga  shikoyat kelib tushdi. Bu haqda Fransiyaning “Le Figaro” nashri ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 17 mart kuni ertalab soat 04:00 lar atrofida yuborilgan xabarda noma’lum shaxslar Mona Liza va boshqa ko‘plab durdonalarni portlatish niyatida ekani aytilgan.

“Biz "Mona Liza" va boshqa ko‘plab durdona asarlarni portlatish niyatidamiz. Faqat ogohlantirish: 100 kg C4 bomba juda ko‘p zarar keltiradi", deyiladi xatda.

Luvr muzeyiga xabar kelib tushganidan so‘ng, Madaniyat vazirligi faol mudofaa va xavfsizlik xizmati navbatchilaridan muzeyda shubhali narsalarni qidirishni so‘ralgan, biroq hech narsa topilmagan.

Ma’lumot uchun, bu Luvrga portlovchi moddalar bilan tahdid qilingan birinchi voqea emas. O‘tgan yilning oktyabr oyida dunyoning eng ko‘p tashrif buyuradigan sayyohlik joylaridan biri bo‘lgan mashhur Parij muzeyi va Versal saroyi bomba tahdidi tufayli evakuatsiya qilingan edi. Parij politsiyasi binolarni sinchiklab tekshirgan, ammo voqea joyida hech narsa topilmagan va ertasi kuni muzey qayta ochilgandi. 

Mashhur rassom Leonardo Da Vinchining durdona asari “Mona Liza” (Jokonda) esa so‘nggi 20 yil ichida vandallarning bir necha bor hujumiga uchragan. 2009 yilda bir sayyoh rasmga choy uloqtirib, o‘sha paytdagi oddiy qoplama oynani sindirib tashlagan, shundan so‘ng rasm ustiga zirhli ekran o‘rnatilgan. 2022 yil may oyida zirhli oynaga tort surtilgan, Joriy yil boshida esa ekofaollar portretga sho‘rva uloqtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Luvr Mona Liza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing