Pokistondagi ko‘mir konida kuchli portlash bo‘ldi. Qurbonlar bor (foto)  

Olam

image

Bugun, 20 mart kuni Pokiston janubi-g‘arbidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida 12 konchi halok bo‘ldi va sakkiz nafari qutqarildi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib, “Reuters” xabar berdi. 

“Qutqaruv operatsiyasi endigina yakunlandi”, degan bugun  ertalab Balujiston viloyatining minalar bo‘yicha bosh inspektori Abdul G‘ani Baloch. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tunda kondagi metan gazi portlashi paytida shaxta ichida 20 nafar konchi bo‘lgan. Qutqaruv guruhlari 12 kishining jasadini topgan, tirik qolganlar shifoxonaga yetkazilgan. 

Bildirilishicha, ko‘mir konlari Pokistonning Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi g‘arbiy hududlarda joylashgan va konlarda avariyalar, asosan, gaz to‘planishi tufayli tez-tez sodir bo‘ladi. Kon ishchilari xavfsizlik vositalarining yetishmasligi va yomon mehnat sharoitlari baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari ekanligidan shikoyat qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 mart kuni ertalab Pokiston Islom Respublikasining Afg‘oniston yaqinidagi harbiy postiga portlovchi moddalar va xudkush bombalar o‘rnatilgan mashinadan foydalangan jangarilar hujum qilishi oqibatida xavfsizlik kuchlarining yetti nafar xodimi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Pokiston ko'mir koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing