Xitoydagi restoranda kuchli portlash bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Xitoyning Xebey provinsiyasi (Shimoliy Xitoy) Sanxe shahridagi restoranda yuz bergan kuchli portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohatlandi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Aytilishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 08:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Restoran joylashgan to‘rt qavatli bino qisman qulagan. Kuchli portlash tufayli yaqin atrofdagi ko‘plab avtomobillar jiddiy zarar ko‘rgan. Portlash oqibatida hosil bo‘lgan zarba to‘lqini qo‘shni binolarning pastki qavatidagi deyarli barcha oynalarni sindirib tashlagan.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib bordi va yong‘inni tez orada o‘chirdi. Portlashdan 500 metr radiusda yashovchi aholi evakuatsiya qilindi. Portlash gaz sizib chiqishi tufayli sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni Xitoyning Xenan provinsiyasidagi maktab yotoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgandi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing