Xitoyda Mbappening futbolkalari yoqib yuborilmoqda (video)
Sport
−
14:59 685 1 daqiqa
Xitoyda “Real Madrid” hujumçisi Kilian Mbappening futbolkalari yoqib yuborilmoqda. Bu haqda “EFE Noticias” xabar berdi.
Xitoylik muxlislar futbolçining futbolkalarini yoqiş bilan birga, uning plakatlari va reklama materiallarini ham yöq qilmoqda. Bunga Mbappening yaqinda Mao Szedunni Xitoy diktatori deb atagani sabab bölgan. 27 yoşli fransiyalik futbolçi eng sevimli memi Mao Szedun portreti ustiga öz yuzi joylaştirilgan fotokollaj ekanini aytgandi.
Mbappening uşbu sözlaridan keyin energetik içimliklar işlab çiqaruvçi Dongpeng va sut mahsulotlari kompaniyasi Mengniu futbolçi bilan hamkorlikni töxtatayotganini ma’lum qildi. Xitoy markaziy televideniyesi esa Mbappe iştirok etadigan “Real Madrid” öyinlari translyatsiyalarini vaqtinça töxtatdi.
Yuzaga kelgan vaziyatdan söng futbolçining özi, “Real Madrid” klubi va Ispaniya La Ligasi rahbariyati Xitoy xalqidan uzr söradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Taşqi işlar vazirligi Kilian Mbappening Mao Szedun haqidagi sözlari uçun uzr söraganini e’tiborga olganligini ma’lum qilgandi. Biroq bu holat futbolçiga nisbatan boykotning yumşatilişiga olib kelişi noma’lum.
Live
Barchasi27 Oktyabr