Sirdaryodagi gaz “zapravka”da portlash bo‘lgani rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi metan "zapravka"larning birida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat FVB matbuot xizmati buni rad etib chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, 9 mart kuni soat taxminan 21:10 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasidagi kompressor qismining bir bo‘lagi shikastlangan.

Hodisa oqibatida chaqnash va yong‘in sodir bo‘lmagan, yon atrofdagilarning tan jarohati olishi va vafot etishi holatlari kuzatilmagan. Shikastlangan qurilma gaz to‘ldirish shoxobchasi hududidan uzoq masofada joylashgan.

“Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi metan “zapravkada” haydovchilar mushtlashib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo portlash zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing