Buxoroda portlagan ko‘p qavatli uyda gaz bo‘yicha sinovlar ruxsatsiz o‘tkazilgan

3-sahifa

image
Tezkor: Buxorodagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi north_east

Tezkor: Buxorodagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi

Buxoro shahrida portlash sodir bo‘lgan ko‘p qavatli uyda tabiiy gaz bo‘yicha sinovlar tegishli idoralar ruxsatisiz amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. bu haqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minotifiliali ma’lum qildi.

“Gaz tarmoqlari ob’ektlarini texnik jihatdan tartibga solish” bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ko‘p qavatli bino tabiiy gaz tarmog‘i tizimi foydalanishga qabul qilinmagan va tabiiy gaz bilan foydalanishga ruxsat berilmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish sodir etilgan.

Ayni damda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali boshlig‘i O‘ktam Abdiyev va boshqa tashkilot mutasaddilari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buxorodagi qurilishi yakunlanmagan ko‘p qavatli uyda yuz bergan portlash natijasida 12 kishi jabrlandi. Ularning biri og‘ir ahvolda. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro portlash

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing