SSSRning barcha sobiq respublikalari Rossiya bilan to‘qnashishga majbur – rossiyalik deputat

Olam

image

Rossiya sobiq sovet respublikalarining barchasi bilan urishishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Duma deputati Yevgeniy Fyodorov aytib o‘tgan.

“Barcha sobiq respublikalar ertami-kechmi baribir Rossiya bilan to‘qnash keladi yoki ular o‘rtasida urush bo‘ladi. Nazariy jihatdan ularning ba’zilari hozir ro‘y bermaydi. Belarus, Gruziya allaqachon Rossiya bilan to‘qnash kelgan. Ukraina esa hozir jang qilyapti. Bu Armanistonga ham to‘liq taalluqlidir”, degan deputat.

Fyodorovning qayd etishicha, agar respublikalar diplomatik yo‘l bilan qaytarilsa, harbiy mojarolarning oldini olish mumkin.

“Yagona Rossiya” partiyasidan bo‘lgan deputat Yevgeniy Fyodorov 2022 yilda Litva mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan edi. Unga ko‘ra, qaror Litvaning NATOga a’zoligiga qarshi chiqish imkonini beradi. Fyodorovning fikricha, mustaqillikni tan olish chog‘ida SSSRning “Ittifoq respublikasi chiqishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi qonuni buzilgan. Chunki Litvada sobiq ittifoq tarkibidan chiqish haqida referendum o‘tkazilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

SSSR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing