SSB Qashqadaryoda avtobusning gaz balloni portlashidan jabrlanganlar sonini ko‘paytirdi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2023 11747 1 daqiqa
Avvalroq, 15 oktyabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi-Buxoro” yo‘lida yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan Isuzu avtobusining gaz balloni portlagani haqida xabar bergan edik.
Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, avtobusning gaz balloni portlashi oqibatida jabrlanganlar soni ikki barobar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, xuddi shu kuni soat 17:30 lar atrofida Muborak tumani tibbiyot birlashmasiga 24 nafar bemor olib kelingan.
Shundan 16 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. 4 nafar bemor esa turli jarohatlar bilan jarrohlik bo‘limida nazoratda qoldirilgan. 4 nafar bemor reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Vafot etganlar yo‘q.
Vaziyat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining qat’iy nazoratiga olingani qayd etilgan.
Bundan oldin FVV Muborak tumanidagi portlash oqibatida 4 kishi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi