Sovetafob ekanligimni tan olaman – Alisher Qodirov

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov  sovetafob ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Telegram-kanalida yozdi.

“Sovetafob ekanligimni tan olaman! Sovet davlati tariximiz, to‘g‘ri, lekin tariximizning qora qog‘ozlarida qolib ketishi, kelajagimizda bo‘lmasligi kerak deb hisoblayman”, deydi spiker.

Qodirov Rossiya O‘zbekistonning katta va qudratli qo‘shnisi ekanligi, Toshkent Moskva bilan yaxshi qo‘shnichilik, umumiy manfaatlar va hamkorlikda rivojlanishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, u rus tilini o‘rganish O‘zbekiston yoshlari uchun ingliz, xitoy, arab va fors tillarini o‘rganish qatorida juda foydali ekanini hech qachon rad etmaganini qo‘shimcha qildi.

“Taklifim esa oddiy va tushunarli, bolalarga bolaligidan ona tili va davlat tilidan boshqa til o‘rgatilmasligi kerak. Boshqa millatli vatandoshlarimiz ona tilida qadriyatini o‘rgansin, davlat tilini esa vatani deb hisoblaydigan O‘zbekistonda yaxshi yashashi uchun o‘rgansin, tamom. Maktabni o‘rta sinflaridan boshlab istagan xorijiy tilini o‘rgansa, shaxsiy rivojlanishiga ham, mamlakat taraqqiyotiga ham faqat foyda bo‘ladi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Alisher Qodirov O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat vakillari o‘zbek tilini bilishi shart ekanini aytgandi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov Sovetafob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing