Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqanini e’lon qildi.

"Men hokimiyatga intilmayman. Qirg‘iziston tarixida qonu to‘kkan va o‘z fuqarolariga o‘q uzgan Prezident sifatida qolishni itamayman. Shu sababdan iste’foga chiqishga qaror qildim. Hech qanday hokimiyat mamlakatimiz yaxlitligi va jamiyatdagi totuvlikdan muhim emas", degan Jeenbekov xalqqa yo‘llagan murojaatida. 

Prezident Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri Sadir Japarov va boshqa siyosatchilardan mamlakatga tinch hayotni qaytarishni so‘ragan.

Avvalroq, Jeenbekov mamlakatda parlament saylovlari o‘tkazilgach, yangi prezidentlik saylovi muddatini e’lon qilib iste’foga chiqishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga ko‘ra, Prezident iste’foga chiqqan taqdirda uning vazifasini bajarish Jo‘qorg‘u Kenesh spikeriga topshiriladi. Hozirda Kanatbek Isayev Qirg‘iziston parlamenti spikeri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

867

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing