Somalidagi terakt qurbonlari 100 dan oshib ketdi

Olam

image

29 oktyabr kuni “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi jangarilarining Mogadisho markazidagi Somali Ta’lim vazirligi binosiga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 104 nafarga yetdi. Bu haqda poytaxt meri Yasin Madale ma’lum qildi. 

“O‘lganlar bilan birga yana 269 kishi jarohat oldi”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Somali Guardian” axborot. 

Avvalroq Somali Prezidenti Hasan Shayx Muhammad 100 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. 

Terroristlar 29 oktbr kuni ertalab shahar markazida joylashgan Ta’lim vazirligi binosi yonida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan ikkita mashinani portlatib yuborgan. Agentlikning yozishicha, hozirda poytaxt shifoxonalari jabrlanganlar bilan to‘la va shifokorlar ularga tez yordam ko‘rsatishga dosh bera olmayapti. 

“Chabelle Media Network” xabariga ko‘ra, tibbiyot organlari fuqarolarni qon topshirishga chaqirgan. Natijada qon topshirish punktlari oldiga olomon to‘plandi. Kampaniyada armiya bo‘linmalari ham qatnashmoqda. 

1969 yilda harbiy to‘ntarish natijasida Siad Barre Somalida hokimiyatni qo‘lga oldi. U 1991 yil yanvarigacha mamlakatni boshqargan, keyin esa isyonchilar poytaxtiga yaqinlashganda Mogadishodan qochishga majbur bo‘lgan. Barrening ketishi bilan Somalida fuqarolar urushi boshlandi, bu esa 2004 yilda "Ash-Shabob" terrorchilik guruhini vujudga keltirdi. 2010 yilga kelib u keng hududlarni nazorat qildi, ammo 2011 yilning yozida u Somali poytaxtini tark etishga va mamlakat hukumati va uning ittifoqchilariga qarshi partizan taktikasiga o‘tishga majbur bo‘ldi. 2012 yil fevralida guruh yetakchilaridan biri jangarilar “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘iga qo‘shilganini ma’lum qilgan edi. “Ash-Shabob”ning umumiy soni, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 ming jangarigacha yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Somali

Baholaganlar

33

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing