Angliyada musulmon ayol futbolchi shorti kiymagani uchun maydonga qo‘yilmadi
Sport
−
31 Oktabr
4426Somalilik futbolchi, Angliya ayollar ligasining “Yunayted Dragons” klubi a’zosi Iqra Ismoil diniy sabablarga ko‘ra, jamoasining debyut o‘yinida maydonga tushmadi. Bu haqda “Al-Jazeera” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli Iqra shorti kiyib, maydonga tushmagani uchun hakam tomonidan o‘yinga qo‘yilmagan.
“Men hakamdan “Siz mening diniy e’tiqodim va shorti kiya olmasligim uchun o‘ynashim mumkin emas, deyapsizmi?” deb so‘radim. U “Ha” deb javob berdi. Bundan xafa bo‘ldim va g‘azablanganimdan yig‘lay boshladim. Ko‘z yoshimni ko‘rgach, hakam vaziyatning jiddiyligini angladi. Mening kiyinishimga muxlis emas, liga va hakam e’tiroz bildirdi. Bular rasmiy lavozimlarni egallab, o‘yin jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan odamlar. Agar bu kabi odamlar madaniy va diniy tafovutlar haqida to‘g‘ri bilimga ega bo‘lmasa va odamlarning o‘yinda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymasa, demak, men kelajakka umidimiz katta emasligiga ishonchim komil”, deydi futbolchi.
Shuningdek, u bo‘lib o‘tgan holat sabab ko‘plab musulmon qizlar futbol o‘ynash fikridan voz kechishini bildirdi.
“Men bilan sodir bo‘lgan vaziyat tufayli ko‘p ayollar ligada umuman o‘ynamaydi – ularga avvalroq klublar, liga va hakamlar o‘ynay olmasligini aytgan. Men juda qaysarman. Ko‘pchilik aynan shu sababdan futbolga mehr qo‘ymagan. Futbolda odamlar o‘zlariga harakat qilish erkinligini beradigan juda ko‘p qoidalar mavjud. Misol uchun, agar siz formangiz ostida uzun yengli top kiysangiz, u formangiz bilan bir xil rangda bo‘lishi kerak, ammo bu qoidaga hamma amal qilmaydi. Men buni hakamga ko‘rsatdim. Ammo bunday jiddiy sababga ega bo‘lgan narsa haqida gap ketganda, hech qanday erkinlik berilmaydi”, deydi Iqra Ismoil.
Bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng 29 oktyabr kuni ayollar ligasi (GLWLF) o‘yinchini qo‘llab-quvvatlab, voqea FA ko‘rsatmalarining “noto‘g‘ri talqin qilinishi” tufayli sodir bo‘lganini aytdi. Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (IFA) qoidalariga ko‘ra, shortilar majburiy jihoz hisoblanadi, ammo GLWLF va FA formalari futbolchilarning diniy e’tiqodlariga nisbatan tolerant bo‘lishi kerakligini bildirdi.
“Tushunishimizcha, o‘yinchilarga oyoqlarini yopish uchun tayt yoki sport shim kiyishga ruxsat berilgan, biroq qoidalarga ko‘ra ular ham tepasidan shorti kiyishlari kerak. Aynan shu talabga hakam rioya qilishga harakat qildi. Biroq biz sport libosmi ustidan shortilar kiyish shart emasligini bilib oldik va o‘yin hakami o‘yinchilarning imkon qadar qulay sharoitda bo‘lishini ta’minlash uchun buni hisobga olishi kerak. Biz barcha hakamlarimizga yangilangan tavsiyalarni beramiz. Biz barchani, shu jumladan, Iqrani ham, boshqa futbolchilarni ham o‘z diniy e’tiqodlariga zid bo‘lmagan kiyim kiyishlari mumkin degan tamoyilni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizga ishontirmoqchimiz”, deyiladi liga bayonotida.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr