Somalida jangarilar BMT vertolyotini qo‘lga kiritdi 

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining vertolyoti texnik nosozlik tufayli Somalining markazidagi “Ash-Shabob” radikal guruhi nazorati ostidagi qishloqqa qo‘ndi. Bu haqda kecha, 10 yanvar kuni "dpa" axborot agentligi xabar berdi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar vertolyot bortida bir necha kishini garovga olgan va mol-mulkini musodara qilgan”, deydi Somalining Xiron viloyati politsiyasi vakili.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot bortida sakkiz kishi, jumladan, olti nafar xorijlik bo‘lgan, vertolyotning o‘zi esa tibbiy buyumlar va harbiy jihozlar bilan to‘ldirilgan. Ikki yo‘lovchi qochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq qochishga urinayotganda biriga o‘q uzilgan. “Ash-Shabob” qolgan olti kishini garovga olgan.

BMTning ichki hujjatida aytilishicha, vertolyot Somalining markaziy Galmudug shtatining poytaxti Dusamarebdan 70 kilometr janubi-sharqda "favqulodda qo‘ngan". Galmudug Ichki xavfsizlik vaziri Mohamed Abdi Aden Gabube AFP agentligiga vertolyotning dvigateli ishdan chiqqani va Sindhir qishlog‘i yaqinida qulaganini aytgan.

Nyu-Yorkda jurnalistlar bilan suhbatlashgan BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik BMT tomonidan Somalida ijaraga olingan vertolyot bilan sodir bo‘lgan voqeani tasdiqladi. Hozirda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar olib borilmoqda. BMT notasida aytilishicha, yo‘lovchilarning o‘g‘irlanishi haqidagi xabarlarni “mustaqil ravishda tasdiqlash mumkin emas”. Shuningdek, bortdagi odamlar BMT xodimlari emas, uchinchi tomon pudratchilari bo‘lgani va “BMTning hududdagi barcha parvozlari keyingi ogohlantirishgacha vaqtincha to‘xtatilgani” aytilgan.

“Ash-Shabob” 2006 yildan buyon Somali hukumatiga qarshi kurashib keladi. U Somalida 15 yildan ortiq faoliyat yuritib keladi. Somali gumanitar tashkilotlar faoliyati uchun dunyodagi eng xavfli joylardan biri sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Somali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing