Somali O‘zbekistonga birinchi elchisini tayinladi
O‘zbekiston
−
27 Noyabr 2025 2671 1 daqiqa
Somali Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohamed O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tadbir davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqlik bildirilgan.
“Elchining muhim diplomatik missiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda samarali va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Bangladesh Xalq Respublikasidagi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida) Sardor Rustamboyev ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad Shahobuddinga ishonch yorliqlarini topshirgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr