Somalida portlash oqibatida kamida 22 bola halok bo‘ldi

Olam

image

Somalining Quyi Shabelle provinsiyasida yuz bergan portlashda kamida 22 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi.

Tuman mahalliy hokimiyati vakili Ibrohim Malabouning aytishicha, portlash bolalar o‘ynayotgan bog‘da sodir bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch nafar bola jarohatlangan.

Keltirilishicha, Malabou portlashda "Ash-Shabob" terror tashkilotini ayblagan

“Ash-Shabob” jangarilari, o‘z navbatida, Afrika Ittifoqi tinchlikparvar missiyasi askari tomonidan tashlangan qo‘l granatasi portlaganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Somali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing