Soliq qo‘mitasi kartadan-kartaga o‘tkazmalarni tekshirishni boshladi
Jamiyat
−
13 may 4632 2 daqiqa
O‘zbekistonda fuqarolarning, ayniqsa yuridik shaxslarning plastik kartalaridagi aylanmalari – P2P orqali amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari yanada qattiq nazorat qilinadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Bildirilishicha, ayni paytda soliq organlari tomonidan savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda savdo amaliyotlari P2P – plastik kartadan plastik kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirilayotgan holatlar tahlil qilinmoqda. Afsuski, bunday operatsiyalar orqali tushgan ayrim daromadlar soliq hisobotlarida aks ettirilmasligi oqibatida davlat byudjetiga tegishli tushumlar to‘liq shakllanmay qolmoqda.
Shu holatlar yuzasidan soliq organlari tomonidan yuridik shaxslarda faoliyat yurituvchi rahbar xodimlarning bank plastik kartalariga kelib tushgan mablag‘lar yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib borilmoqda.
“Aniqlangan holatlar asosida soliq hisobotlarida aks ettirilmagan daromadlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda hamda soliq to‘lovchilarga xabarnomalar yuborilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Manbaga ko‘ra, bu jarayon jazolash yoki bosim o‘tkazish emas, balki iqtisodiy adolatni ta’minlash, yashirin aylanmalarni qisqartirish va halol mehnat qilib, qonun doirasida ish yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda korxonalarning 2025 yil yakuni bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatiga oid fiskal ma’lumotlar ochiqlanishi ortidan QALAMPIR.UZ'ning soliq imtiyozlariga "botib qolgan" gigant kompaniyalar haqidagi tahlili elon qilgan edi.
Oybek Rustamov
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may