Soliqchilarga plastik kartadagi pul aylanmasini kuzatish vakolati berilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda soliq idoralariga plastik kartochkalardagi mablag‘lar aylanmasi harakati haqida ma’lumot olish vakolati berilishi mumkin. Bu haqda Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida belgilangan.

Hujjat bilan real vaqt rejimida idoralararo elektron aloqa orqali soliq organlariga taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlanishi mo‘ljallangan.

Unga ko‘ra, “YeOPS” MCHJ va “NPMPS” MCHJ soliq organlariga plastik kartochkalardagi mablag‘lar aylanmalari harakati (kuniga 5 mln. so‘mdan va (yoki) 10 ta tranzaksiyadan ortiq), shuningdek har oyning boshidagi mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risida ma’lumot taqdim qilishi belgilab qo‘yilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ayni shu farmon bilan jismoniy shaxslarga taksichilik qilishga ruxsat berish va xorijdan yuboriladigan jo‘natmalarning maksimal me’yorini 1000 AQSH dollaridan 200 dollargacha tushirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

soliq plastik karta

Baholaganlar

107

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing