Boylarga alohida soliq solinişi mumkin. Qozoğistonda!

Olam

−

image

Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jömart Töqayev yirik mulk egalari uçun yuqoriroq soliq stavkasini joriy etiş masalasini körib çiqişni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 28 oktyabr kuni xalqqa qilgan murojaatida gapirdi.

Töqayev soliqqa tortişda adolat tamoyiliga töxtalib, yirik mulk egalari uçun oşirilgan stavkani joriy etişni muhokama qiliş vaqti kelganini aytgan.

“Heç kim qonuniy yöl bilan orttirilgan aktivlarni qandaydir tarzda çeklamoqçi emas. Bu Konstitutsiyaga zid bölardi. Gap adolat haqida ketmoqda”, deydi u.

Prezidentning aytişiça, har bir fuqaro mamlakat taraqqiyotiga öz imkoniyatiga yaraşa halol hissa qöşişi lozim. Şu munosabat bilan u hukumat va Qurultoyga masalani örganib çiqiş hamda takliflar kiritişni topşirgan.

Töqayev adolatli soliq tizimi şaffoflik va töliq raqamlaştirişni talab qilişini bildirgan. Şuningdek, soliq tuşumlarini oşiriş, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş va korrupsiya xavfini kamaytiriş uçun sun’iy intellekt kabi ilğor texnologiyalardan foydalaniş zarurligini aytgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing