Xorijiy IT-kompaniyalar Özbekistonga 232,8 mlrd söm soliq töladi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi xorijiy kompaniyalar 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida 232,8 mlrd söm soliq tölagan. Bu haqda Soliq qömitasi ma’lum qildi.

Qömita ma’lumotlariga köra, hisobot davrida mamlakatda soliq tölagan xorijiy kompaniyalar soni 109 tani taşkil etgan. Uşbu kompaniyalardan tuşgan soliq tuşumlari 2025 yilning mos davriga nisbatan 85 foizga oşgan.

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida eng köp soliq tölagan 10 ta xorijiy kompaniya quyidagilar:

Apple — 54,2 mlrd söm;

Google — 52,6 mlrd söm;

Meta — 46,7 mlrd söm;

Valve Corp. — 22,8 mlrd söm;

Anthropic — 14 mlrd söm;

OpenAI — 10 mlrd söm;

Midasbuy — 4,8 mlrd söm;

Booking.com — 4,2 mlrd söm;

TikTok — 2,4 mlrd söm;

Anysphere — 2,2 mlrd söm.

Soliq kodeksining 281-moddasiga muvofiq, Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi xorijiy yuridik şaxslar ötgan çorakdan keyingi oyning 20-kunidan keçiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etişi va belgilangan soliqlarni tölaşi şart.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing