Suv omborlari atrofida turizmni yölga qöygan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Jamiyat

−

image

Suv omborlari va ularga tutaş hududlarda turizm xizmatlarini taşkil etgan tadbirkorlarga 2029 yil 1 oktyabrga qadar soliq va bojxona imtiyozlari beriladi. Bu Prezidentning 2026 yil 27 oktyabrdagi PQ–387-son qarorida belgilangan.

Qarorga köra, uşbu hududlarda turizm xizmatlarini taşkil etgan yuridik şaxslar uçun yer va mol-mulk soliği stavkalari belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida qöllanadi. Şu bilan birga, suvda foydalanişga möljallangan GPS qurilmalari, qutqaruv va xavfsizlik anjomlari hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena şoxobçalarini Özbekistonga olib kirişda bojxona tölovlarini 120 kunga keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi.

Qarorda turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlaş böyiça tadbirkorlar bajarişi şart bölgan talablar ham belgilangan. Jumladan, ob’ektlar taşrif buyuruvçilar xavfsizligini ta’minlaş, ularning soğliğini muhofaza qiliş va favqulodda vaziyatlarning oldini oliş uçun zarur xavfsizlik vositalari bilan jihozlanişi kerak.

Favqulodda vaziyatlarda tezkor qutqaruv işlarini amalga oşiriş uçun qutqaruv xizmati taşkil etilişi yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan şartnoma asosida navbatçilik xizmati yölga qöyilişi lozim. Bundan taşqari, kiçik hajmli kemalar va ular turadigan inşootlardan xavfsiz foydalaniş böyiça qonunçilik talablariga rioya etilişi şart.

Turizm ob’ektlari suvni muhofaza qiliş zonalari va sohilböyi mintaqalariga qöyilgan talablarga ham amal qilişi kerak. Oqova suvlarning suv ob’ektlariga taşlanişiga yöl qöymaslik uçun içki kanalizatsiya tarmoqlari va lokal oqova suvlarni tozalaş inşootlari taşkil etilişi belgilangan.

Şuningdek, turizm ob’ektlarida hosil böladigan maişiy çiqindilar belgilangan tartibda utilizatsiya qilinişi şart.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing