Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingani haqida xabar bergandik. Prezident farmoniga ko‘ra, Xudayarov Asilbek Anvarovich Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Asilbek Xudayarov muqaddam sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Keyingi yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan. 2023 yilning oktyabrida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Shu paytgacha Sog‘liqni saqlash vazirligini 2022 yil dekabridan buyon Amrillo Shodiyevich Inoyatov boshqarib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made