Farmatsevtika markazi direktori ishdan ketdi
Jamiyat
−
06 aprel
6479Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori A’zam Orumbayevich Nortoyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Alisher Ismatillayevich Temirov Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Temirov 2009 yil Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. Turli yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi raisi, Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi bo‘lim boshlig‘i, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
A’zam Nortoyevni 2023 yil boshlarida, markazda bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlaganida sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov poraxo‘rlikda ayblagan. Ammo shundan yetti oy o‘tgach, 2023 yil sentyabrida Nortoyevning o‘zi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori etib tayinlanishi shov-shuvga sabab bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farmatsevtika agentligiga ham yangi rahbar tayinlangan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr