3 oy ichida tez yordam xizmatiga eng ko‘p chaqiriq vodiy viloyatlaridan kelgan – SSV
Jamiyat
−
10 aprel
3339O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-mart oylarida tez yordam xizmatiga jami 3 million 111 ming 148 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, chaqiruvlarning aksariyatini, ya’ni 2 million 205 ming 296 tasini shoshilinch ko‘rsatma tashkil qilgan. Shuningdek, 812 ming 247 ta surunkali kasalliklar va 19 ming 114 ta tug‘uruq chaqiriqlari bo‘lgan.
Eng ko‘p murojaatlar:
- Toshkent shahri – 330 919 ta;
- Farg‘ona viloyati – 326 436 ta;
- Andijon viloyati – 300 279 ta;
- Namangan viloyati – 271 791 ta qayd etilgan.
Tez yordam xizmatiga eng kam chaqiriq Navoiy (90 434 ta), Sirdaryo (107 180 ta), Jizzax (116 878 ta) va Buxoro viloyatlarida (150 852 ta) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (156 015 ta) kuzatilgan.
O‘zbekistonda 2023 yilning o‘tgan uch oyi davomida tez yordam xizmatiga 3 milliondan ortiq chaqiriq kelib tushgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr