Toşkentda tez yordam maşinasi Lacetti bilan töqnaşdi
3-sahifa
−
09:33 912 1 daqiqa
Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida Lacetti avtomobili tez tibbiy yordam maşinasi bilan töqnaşdi. Bu haqda Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi keça, 29 oktyabr kuni soat 15:00 larda M.Uluğbek va Maxtumquli köçalari kesişmasida sodir bölgan.
1985 yilda tuğilgan B.U. boşqaruvidagi Lacetti avtomobili 1979 yilda tuğilgan J.A. boşqaruvidagi Ford rusumli tez tibbiy yordam maşinasi bilan töqnaşgan.
Hodisa oqibatida Ford avtomobilidagi yölovçiga birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yunusobod tumanida Toyota va Tracker-2 rusumli avtomobillar iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr