2024 yilda 260 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi

3-sahifa

image

2024 yilda 263,9 mlrd so‘mlik noqonuniy o‘tkazilgan davlat xaridlari natijalari bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar doimiy ravishda monitoring tartibida o‘rganib borgan. Jumladan, 2024 yilda 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xaridlar o‘rganilgan.

Ulardan 234 ta holatda jami 263,9 mlrd so‘mlik xarid natijalari bekor qilingan, vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnoma kiritilgan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborilgan va qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 85 nafar shaxsning intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlangan.

Natijalarga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash, Transport va Maktabgacha ta’lim vazirliklari eng ko‘p noqonuniy davlat xaridlarini amalga oshirgan.

“Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoring qilish ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash davlat xaridlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing