Endi davlat xaridlari böyiça 3 yillik reja oldindan e’lon qilinadi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda 2027 yil 1 yanvardan davlat xaridlari böyiça uç yillik rejalarni oldindan e’lon qiliş boşlanadi. Bu tadbirkorlarga talabni oldindan bilib, işlab çiqarişni kengaytiriş, yangi uskunalar xarid qiliş va investorlar jalb etiş imkonini beradi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan elektrotexnika sanoati vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor va investorlar bilan muloqotda söz bordi.

Qayd etilişiça, davlat xaridlari doirasida mamlakatda har yili 10 trillion sömlik elektrotexnika mahsulotlari sotib olinadi

Ilgari tadbirkorlar davlat korxonalarining buyurtmalarini tört-beşta alohida platforma orqali kuzatişga majbur edi. Endilikda barça davlat buyurtmalari bitta platformada aks ettiriladigan tizim joriy qilindi.

Bundan taşqari, 1 yanvardan davlat xaridlari böyiça uç yillik rejalarni oldindan e’lon qiliş boşlanadi. Bu tadbirkorlarga talabni oldindan bilib, işlab çiqarişni kengaytiriş, yangi uskunalar xarid qiliş va investorlar jalb etiş imkonini beradi.

Davlat xaridlarida faqat eng arzon narxga qarab mahsulot tanlaş amaliyoti qayta körib çiqiladi. Çunki arzon import mahsulotning keyingi ekspluatatsiya xarajatlari ança yuqori bölişi mumkin.

Masalan, nazorat xaridi doirasida örganilgan ikkita 40 kilovattli transformatordan import mahsulot mahalliysidan 400 ming söm arzon bölgan. Ammo uning elektr energiyasining sarfi 10 foizga, foydalaniş davridagi ta’mirlaş xarajati esa tört barobarga yuqoriligi aniqlangan.

Şu sabab davlat xaridlarida mahsulotning butun xizmat muddati davomidagi xarajatlarni baholaş tizimi – “life cost” yondaşuvi joriy etiladi. Bunda xarid narxi bilan birga elektr sarfi, ta’mirlaş, servis va foydalaniş xarajatlari ham hisobga olinadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing