Nurafşonda “Kelajak texnologiyalari markazi” taşkil etiladi
Jamiyat
−
13:20 375 1 daqiqa
Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” taşkil etiladi. Markaz korxonalariga IT-park rezidentlari bilan bir xil imtiyozlar beriladi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan elektrotexnika sanoati vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor va investorlar bilan muloqotda ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, mamlakatda yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantiriş uçun zarur poydevor şakllanmoqda. Töqimaçilik, metallni qayta işlaş, quriliş va boşqa sohalar uçun texnologik uskunalar çiqaradigan önlab korxonalar paydo bölgan. Ohangaron texnoparkida mikroprotsessor modullari işlab çiqarilmoqda, koreyalik hamkorlar bilan Toşkent şahrida robotlar işlab çiqariş loyihasi boşlangan.
Bunday korxonalarni köpaytiriş orqali iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy uskunalar, sanoat robotlari va elektronika mahsulotlari bilan ta’minlaydigan yaxlit ekotizimni şakllantiriş maqsad qilingan.
Şu bois, Nurafşon şahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” taşkil etiladi. Markaz korxonalariga IT-park rezidentlari bilan bir xil imtiyozlar beriladi. Robotlar, elektronika va texnologik uskunalar işlab çiqariş uçun zarur xomaşyo hamda butlovçi qismlar import bojidan ozod etiladi. Uşbu yönalişdagi ilmiy işlanmalardan olingan daromadga soliq solinmaydi.
Live
Barchasi