Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmi 500 ming tonnaga yetkaziladi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda joriy yilda 3-mis boyitiş fabrikasi işga tuşirildi. Uşbu loyiha hisobiga mis işlab çiqariş hajmi 300 ming tonnaga, 2030 yilga borib esa 500 ming tonnaga yetkaziladi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan elektrotexnika sanoati vakillari, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor va investorlar bilan muloqotda söz bordi.

Qayd etilişiça, keyingi ön yilda elektrotexnika sanoatida katta özgarişlar amalga oşirilgan. Sohaga 2 milliard dollar investitsiya kiritilib, 413 ta yangi işlab çiqariş quvvati işga tuşirilgan. Maişiy texnika, quyoş panellari, elektron hisoblagiçlar, yuqori kuçlanişli transformatorlar kabi 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyilgan.

Natijada joriy yilda sohada mahsulot işlab çiqariş hajmi 50 trillion sömga yetgan. Mazkur körsatkiç 2016 yilda 1,7 trillion söm bölgan. Investitsiyalar 600 million dollarga, eksport esa 1 milliard 600 million dollarga yetkazildi. Ötgan davrda eksport hajmi 14 barobar ösgan.

Davlat rahbari bu mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam ekanini, sohani yanada jadal rivojlantiriş zarurligini ta’kidlagan.

Elektrotexnika sanoati uçun asosiy xomaşyolardan biri bölgan mis işlab çiqarişni oşirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 3-mis boyitiş fabrikasi işga tuşirilgan. Uşbu loyiha hisobiga mis işlab çiqariş hajmi 300 ming tonnaga, 2030 yilga borib esa 500 ming tonnaga yetkaziladi.

Mamlakatda quyoş va şamol elektr stansiyalari, energiya saqlaş quvvatlari barpo etilmoqda, hududlarda keng kölamli bunyodkorlik işlari olib borilmoqda. Kelgusi ön yilda hamkorlar bilan 450 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş maqsad qilingan.

Qayd etilişiça, bu – elektrotexnika mahsulotlari uçun ham ulkan va uzoq muddatli bozor. Mamlakatda mis va muhim minerallar zaxiralari, salohiyatli yoşlar, tajribali tadbirkorlar hamda hamkorlikka tayyor investorlar bor. Endi uşbu imkoniyatlarni yangi texnologiya va işlanmalar bilan birlaştiriş muhimligi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing