23 mlrd so‘mlik noqonuniy tenderlar aniqlandi
3-sahifa
−
12:47 1871 2 daqiqa
O‘zbekistonda 23 milliarddan ortiq qiymatga ega bo‘lgan davlat xaridlarida qonun buzilish holatlari aniqlanib, tashkilot va ularning mansabdor shaxslariga tegishli choralar ko‘rildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.
Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida,
- Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan jami qiymati 9,1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 6 ta;
- Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan jami qiymati 8 milliard so‘mga yaqin bo‘lgan 6 ta;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan jami 6,7 milliard so‘mga yaqin bo‘lgan 10 ta tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasining talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablarining buzilishi alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi kerak bo‘lgan majburiy ko‘rsatmalar berilgan.
Shuningdek, buyurtmachi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari belgilanib, tegishli sud organlariga ma’lumotlar yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda turli davlat tashkilotlari tomonidan jami 16,4 milliard so‘mlik 9 ta davlat xaridida qonun buzilishi holatlari aniqlangan edi.
Live
Barchasi