Sobiq sevgilisining behayo suratlarini tarqatgan yigit ushlandi
3-sahifa
−
01 iyun
8906Qashqadaryo viloyatida sobiq sevgilisining intim suratlarini tarqatgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida yashovchi Z.Z. ismli ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘zining uyatli foto hamda video tasvirlari noma’lum shaxs tomonidan Telegram messenjerida tarqatib yuborganligini ma’lum qilgan.
Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi X.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.A. ayol bilan ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgani va uning turli behayo fotosuratlarini Telegram messenjeri orqali qo‘lga kiritib, tarqatib yuborgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (Shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jizzaxda sevgan qizining yalang‘och tasvirlarini tarqatmaslik evaziga 800 dollar so‘ragan yigit ushlangandi.
LiveBarchasi