Politsiyaçi sobiq sevgilisi va uning şerigini otib taşladi

Olam

−

visibility93 timer3 daqiqa

image

Avstraliyaning Sidney şahrida 31 yoşli sobiq politsiya xodimi Bo Lamarr sobiq sevgilisi, teleboşlovçi Jessi Beyrd va uning yangi şerigi Lyuk Devisni xizmat quroli bilan öldirganlikda aybdor deb topildi. Ikki oy davom etgan sud jarayonida u qotilliklarni bir neça oy oldin rejalaştirgani aniqlangan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, 2024 yil fevral oyida jabrlanuvçilarning qon izlari bölgan buyumlari Sidneyning Kronulla tumanidagi quriliş çiqindilari konteynerida topilgan. Bir neça kundan keyin esa qişloq hududida ularning jasadlari aniqlangan.

Jinoyat sodir bölgan kuni ertalab kuzatuv kameralari motokaska kiygan va ovqat yetkazib beriş sumkasini kötargan erkakni jabrlanuvçilar uyi taşqarisida taxminan 20 daqiqa kutib turganini tasvirga olgan. U uydan ketganidan bir neça daqiqa ötib, boşqa kamerada öq ovozlari qayd etilgan.

Prokuraturaning ma’lum qilişiça, Lamarr uyga kalit nusxasi orqali kirgan. U avval Beyrdni orqasidan, keyin esa yarador holda yotganida çakkasidan otgan. Devis esa 911 raqamiga qönğiroq qilişga urinayotgan paytda otib öldirilgan. Prokuror Brett Hetfild bu voqeani oldindan rejalaştirilgan qotillik deb atagan.

Lamarr esa uyga öz buyumlarini, jumladan, 25 ming Avstraliya dollariga baholangan uzukni oliş uçun borganini aytgan. U tanib qolmasliklari uçun kiyimini almaştirganini va ikki kişi alohida janjallar oqibatida halok bölganini da’vo qilgan.

Sudda namoyiş etilgan videolarda Lamarrning dökondan serfing taxtasi uçun möljallangan qoplama sotib olgani aks etgan. Qotillikdan keyin u gilam, oqartiruvçi vosita va çiqindi paketlarini ham xarid qilgan.

U jasadlarni qoplama va brezentga örab, hovlida qoldirgan. Keyin ularni ijaraga olingan mikroavtobusda ikki kun davomida olib yurgan. Lamarr jasadlarni Sidneydan 200 kilometr uzoqlikdagi hududga olib borib, ferma hovuziga taşlaşga uringan. Oxir-oqibat ularni monastir yaqinida qoldirgan.

Guvohlarning aytişiça, Beyrd va Lamarr 2022 yil oktyabr oyida tanişgan, ammo keyinçalik munosabatlarini tugatgan. Şundan söng, Lamarr bir neça bor Beyrdning uyiga yaşirinça kirgan, telefonidagi kontaktlarni öçirgan va uning joylaşuvini kuzatişga uringan.

Sudda sobiq döstlari va hamkasblari Lamarr ulardan telefon signallari hamda qurollarni qayerdan oliş mumkinligi haqida söraganini bildirgan. Guvohlardan biri esa u hatto jasadni yaşirişda yordam bera olasizmi, deb söraganini aytgan.

Lamarr 2024 yil 23 fevral kuni politsiyaga özini topşirgan. Uning özini himoya qiliş maqsadida harakat qilgani haqidagi vajlari sudyalar hay’ati tomonidan rad etilgan. Unga nisbatan jazo mart oyida belgilanadi. Sobiq politsiya xodimi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Florida ştatida erkak uç nafar farzandi hamda xotinini otib öldirib, keyin öz joniga qasd qilganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing