Kardashyan sobiq sevgilisi halokatga uchragan mashinasini ta’mirlatmasdan sotmoqchi
Madaniyat-san’at
−
13 yanvar
10132Taniqli amerikalik model Kim Kardashyan o‘zining avtohalokatga uchragan Range Rover rusumli avtomashinasini ta’mirlatmasdan sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu mashina Kardashyanga 2022 yilda 42 yoshga to‘lishi munosabati bilan onasi tomonidan sovg‘a qilingan. Ammo iyul oyida aktrisaning sobiq sevgilisi Pit Devidson mashinada YTHga uchragan va avtomobilning old qismiga katta talafot yetgan. Shundan so‘ng sud yigitga 50 soatlik jamoat ishlarini bajarish, 12 soatlik harakat xavfsizligi kursini o‘tash va baxtsiz hodisalarning mumkin bo‘lgan oqibatlarini o‘rganish jazosini tayinlagan.
Hozirda mashina onlayn sotuvga qo‘yilgan va bahosi 99 ming 950 AQSH dollari deb belgilangan. E’londa kumush rangli mashina chiqib yotgan xavfsizlik yostiqchalari, bukilib qolgan bamperi, singan faralari va orqa oynasi yo‘q holda ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek tomoshabinlariga “Terminator” filmidagi roli bilan tanish aktyor Arnold Shvarseneggerga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz Unimog avtomobili Arizona shtatining Skottsdeyl shahrida o‘tkaziladigan auksionga qo‘yilgandi.
LiveBarchasi