Sobiq og‘ir vazn chempioni Tayson Fyuri ringga qaytadi

Sport

image

Sobiq og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Tayson Fyuri “Tottenxem Xotspur” stadionida ringga qaytadi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, britaniyalik bokschi joriy yilning 11 aprel kuni “Tottenxem Xotspur” stadionida rossiyalik Arslanbek Mahmudovga qarshi jang qiladi.

37 yoshli Fyuri 2025 yilda nafaqaga chiqqanini e’lon qilgan bo‘lsa-da, oradan ko‘p o‘tmay ringga qaytishini tasdiqladi. Bu jang Fyurining 2024 yil dekabr oyida Aleksandr Usikga mag‘lub bo‘lganidan keyingi ilk jangi bo‘ladi.

“U o‘ziga yaxshi qarayapti va a’lo formada. U jangovar rejimda bo‘ladi hamda o‘z so‘zini isbotlash uchun ringga chiqadi”, dedi Fyurining promouteri Frenk Uorren “Sky Sports” nashriga bergan intervyusida.

“Unda yana ishtiyoq paydo bo‘lgan. Hozir Tailandda qattiq mashg‘ulot olib bormoqda va o‘zini juda yaxshi sport formasida ushlab turibdi”,  deya qo‘shimcha qildi promouter.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Fyuri faoliyatida 34 ta g‘alaba, bitta durang va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan. U ilgari WBA, WBC, WBO va IBF og‘ir vazn toifasidagi chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri “Tottenxem Xotspur” Arslanbek Mahmudov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing