Sobiq adliya vaziri 25 yilga qamaldi
Olam
−
23 iyun 2456 1 daqiqa
Seul markaziy okrug sudi Janubiy Koreyaning sobiq adliya vaziri Pak Son Chjeni 25 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Hukm unga sobiq prezident Yun Sok Yol tomonidan 2024 yil dekabrida harbiy holat joriy etilishida ishtirok etgani uchun chiqarilgan. Joriy yilning fevral oyida Yun Sok Yolning o‘zi ham harbiy holatni asossiz joriy etgani va bu isyon urinishi sifatida baholangani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Shu ish bo‘yicha yana bir necha hukmlar ham chiqarilgan: sobiq mudofaa vaziri 30 yilga, Milliy politsiya boshqarmasi sobiq rahbari esa 12 yilga qamalgan. Sud Pak Son Chjeni harbiy holat joriy etish va isyon urinishida asosiy rollardan birini o‘ynagan, deb topdi.
Prezident harbiy holat haqida qaror qabul qilganidan so‘ng, Pak Adliya vazirligi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u yig‘ilishda hibsga olinishi rejalashtirilgan siyosatchilar uchun qamoqxonalar masalasi muhokama qilingan. Oppozitsiya vakillarini hibsga olish rejalari aynan ushbu ishni “isyon urinishi” sifatida baholashga asos bo‘lgan.