Sobiq hokim Bandlik bosh boshqarmasiga boshliq bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘i bilan Jahongir Sobitaliyevich Jumanov Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar  berdi.

Qayd etilishicha, Jahongir Jumanov 1982 yilda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. U davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega, oliy ma’lumotli iqtisodchi.

Jahongir Jumanov Farg‘ona viloyati hokimligi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi rahbari, Oltiariq tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri hamda Furqat tumani hokimi kabi mas’uliyatli lavozimlarda ish olib borgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 17 iyul kunida Jahongir Jumanov Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Furqat tumani hokimi lavozimidan ishdan olingandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kamoliddin Ma’murovich Shermatov Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Bandlik bosh boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made