“Siti” yangi himoyachi sotib olmoqchi
Sport
−
10 aprel 8359 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi yangi o‘ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi. Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar”ning yangi sport direktori Ugo Viana yozgi mavsum oralig‘ida ushbu pozitsiyani egallash variantlarini ishlab chiqmoqda. Hozircha bu pozitsiya uchun nomzodlar e’lon qilinmagan.
“Manchester Siti” 31 o‘yindan keyin 52 ochko to‘plagan va 2024/25 yilgi Premer-liga turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Ayni paytda Xosep Gvardiolaning jamoasida faqat bir futbolchi o‘ng qanot himoyachisi bor, bu rolni klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi Riko Lyuis bajaradi. 20 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsum 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Live
Barchasi