“Siti” 10 yillikdagi eng yaxshi ingliz klubi — Jek Grilish

Sport

image

Jek Grilish “Aston Villa”dan ketishi va nima uchun “Manchester Siti”ga o‘tganini tushuntirib berdi.

“Menga Chempionlar Ligasida o‘ynash, sovrinlar uchun kurashish, kuchli futbolchilar bilan do‘stlashish imkoniyati berildi. Men ham “Manchester Siti”ni boshqaradigan dunyoning eng yaxshi murabbiyi bilan ishlashni xohlagan edim. Bu omil “shaharliklar” lageriga ko‘chishimni yanada tezlashtirdi. “Manchester Siti”ning potensial imkoniyatlari katta va u so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi ingliz klubi. Men “Manchester Siti” taklifini rad qila olmadim. Ishonchim komilki, biz birgalikda ko‘plab sovrinlarni yuta olamiz”, deya fikr bildirgan Grilish VVS’ga bergan intervyusida.

Jek Grilish “Aston Villa” akademiyasidan yetishib chiqqan va 2012 yildan buyon klub sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Grilish transferi uchun 100 million funt sterlingdan voz kechdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Siti Futbol APL Aston Villa Jek Grilish

Baholaganlar

6

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing