Sirdaryodagi portlash Qozog‘istondagi uylarga ham zarar yetkazgani aytilmoqda

Olam

image

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Sirdaryodagi harbiy qismida sodir bo‘lgan portlashning tovushi Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga qarashli Maqtaarol tumanida ham eshitildi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, viloyatda tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar komissiyasi tomonidan Jambil, Birlik, Irjar, Yenbekshi ovul okruglari hamda Atakent shaharchasida buzilgan ijtimoiy ob’ektlar va turar-joy binolari mavjudligini aniqlash bo‘yicha tezkor ishlar olib borilmoqda.

“Bugun Maqtaaral tumani hokimi apparatida shoshilinch shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Maqtaarol tumani aholisi uchun hech qanday xavf yo‘q”, deyiladi Turkiston viloyati hududiy kommunikatsiyalar xizmati tarqatgan xabarda.

“Sputnik” nashrining Turkiston viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti vakiliga tayanib, xabar berishicha, O‘zbekistondagi harbiy omborda sodir bo‘lgan portlash qo‘shni Qozog‘istonda bir necha uyga zarar yetkazgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi harbiy qism omborida portlash yuz berdi. SSVga ko‘ra, hodisada 16 kishi jabrlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo portlash

Baholaganlar

686

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing