Sirdaryoda yigit 19 yoshli qizning yalang‘och rasmlarini tarqatmaslik uchun 48 mln so‘m so‘radi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida 19 yoshli qizning yalang‘och rasmlarini tarqatmaslik uchun 48 million so‘m pul so‘ragan erkak ushlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yangiyer shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro, 2006 yilda Namangan viloyati Norin tumanida tug‘ilgan fuqaroga tegishli shaxsiy suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, pul talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi mazkur shaxsga tegishli shaxsiy suratlarni o‘chirish va ularni tarqatmaslik evaziga talab qilingan 48 mln so‘m puldan 10 mln so‘mni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, gumonlanuvchi shaxs bundan oldin ham boshqa shaxslarning shaxsiy foto va video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqqa joylamaslik evaziga pul undirib kelgani ham ma’lum bo‘lgan. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan ayolning rasm va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan erkak qo‘lga olingandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sirdaryo pul yalang'och 19 yoshli qiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing