Andijonda “shantajchi” erkak qo‘lga olindi
3-sahifa
−
13 Oktabr 9409 1 daqiqa
Andijon viloyatida o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan ayolning rasm va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBning matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi erkak shu tumanda yashovchi ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi. Keyinchalik erkak ayoldan pul talab qilib, agar aytilgan miqdordagi pulni bermasa, u bilan yozishgan suhbatlar tarixi, rasm va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan tahdid qiladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda erkak aytilgan miqdordagi pullarni olgan vaqtda, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qo‘lga olingan erkak tovlamachilik, sir saqlanishi shart bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish va ayolni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, uning mulkini berishga majbur qiladigan holatga solgani uchun unga nisbatan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida sobiq sevgilisidan ular o‘rtasida bo‘lgan ishqiy munosabatni oshkor qilmaslik uchun 30 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olingan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi