Sirdaryoda yosh yigitlardan tuzilgan ekstremistik guruh fosh qilindi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida 1998-2004 yillar orasida tug‘ilgan 4 nafar fuqarolar Internet tarmoqlari orqali jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tarqatish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2002 yilda tug‘ilgan M.A. boshchiligidagi ushbu ekstremistik guruhga 1998 yilda tug‘ilgan M.B., I.A hamda 2004 yilda tug‘ilgan R.M. a’zo bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxslar muqaddam bir mahallada istiqomat qilgan va hozirda Suriya hududidagi “Tavhid va jihod katibasi” terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shilgan 1994 yilda tug‘ilgan I.A. va 1987 yilda tug‘ilgan A.N. bilan Internet orqali aloqa bog‘lab, ularning ta’sirida ekstremistik mazmundagi audio-video materiallarni yaqin tanishlari orasida tarqatish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelganlar.

To‘plangan materiallar asosida mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo

Baholaganlar

591

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing